1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o'rinlarda — «Siyosat») «Sodda GROUP» MChJ (keyingi o'rinlarda — «Kompaniya», «biz») tomonidan CarFit ilovasi (keyingi o'rinlarda — «Ilova») foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash tartibini belgilaydi.
1.2. CarFit — iOS va Android uchun mo'ljallangan mobil ilova bo'lib, avto xizmat ustalari hamda ustaxonalarini avtomobil egalari bilan bog'lashga xizmat qiladi.
1.3. Siyosat O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuni hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.4. Ilovadan foydalanish, ro'yxatdan o'tish yoki o'z ma'lumotlaringizni kiritish orqali siz ushbu Siyosat shartlari bilan tanishganingizni va ularga roziligingizni bildirasiz. Agar siz Siyosat shartlariga rozi bo'lmasangiz, Ilovadan foydalanishni to'xtatishingizni so'raymiz.
1.5. Kompaniya Siyosatga o'zgartirishlar kiritish huquqini saqlab qoladi. O'zgartirishlar Ilovada e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Kompaniya faqat Ilovaning ishlashi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'adi.
2.1. Ro'yxatdan o'tishda olinadigan ma'lumotlar:
• Telefon raqami (SMS-kod orqali tasdiqlanadi);
• ro'yxatdan o'tish jarayonida foydalanuvchi tanlagan til.
2.2. Profil ma'lumotlari (usta sifatida o'zingiz kiritasiz):
• ism va familiya;
• profil rasmi (avatar);
• tug'ilgan sana;
• jins;
• o'zingiz haqingizdagi qisqacha ma'lumot (bio);
• mutaxassislik va ko'rsatadigan xizmatlar ro'yxati;
• ustaxona ma'lumotlari (nomi, telefon raqamlari, xizmatlari).
2.3. Joylashuv ma'lumotlari:
• Siz xaritada belgilagan joylashuv (geografik koordinatalar va manzil) — mijozlarga sizni topishda yordam berish uchun.
2.4. Texnik ma'lumotlar:
• Qurilma va seans (sessiya) ma'lumotlari — xavfsiz kirishni ta'minlash uchun;
• bildirishnomalarni yetkazish uchun qurilma identifikatori (push-token);
• Ilovadan foydalanish bilan bog'liq texnik jurnal ma'lumotlari.
Kompaniya bank kartalari raqamlari, parollar yoki shunga o'xshash maxfiy moliyaviy ma'lumotlarni so'ramaydi va saqlamaydi.

3. Ma'lumotlardan qanday foydalaniladi
Yig'ilgan ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
• foydalanuvchini ro'yxatdan o'tkazish va shaxsini tasdiqlash;
• usta profilini yaratish va uni mijozlarga ko'rsatish;
• ustani mijozlar bilan bog'lash;
• xarita orqali yaqin atrofdagi mijozlar uchun ustani topiladigan qilish;
• Ilova ishlashini ta'minlash, xatoliklarni bartaraf etish va xizmatni yaxshilash;
• foydalanuvchi xavfsizligini ta'minlash va qoidabuzarliklarning oldini olish;
• Ilova bilan bog'liq muhim xabarnoma va bildirishnomalarni yetkazish.

4. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga berish
4.1. Kompaniya foydalanuvchi ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga sotmaydi.
4.2. Ma'lumotlar quyidagi hollarda ochiq bo'lishi yoki uzatilishi mumkin:
• Boshqa foydalanuvchilarga — usta profili, xizmatlari, ustaxonasi va joylashuvi mijozlar uchun ochiq ko'rinishda taqdim etiladi (bu Ilovaning asosiy funksiyasi);
• Texnik xizmat ko'rsatuvchi sheriklarga — Ilova ishlashini ta'minlash uchun zarur bo'lgan hajmda (server va infratuzilma provayderlari);
• Vakolatli davlat organlariga — qonunchilik talab qilgan hollarda.
4.3. Ilova quyidagi tashqi xizmatlardan foydalanadi:
• Yandex Xaritalar — xarita ko'rsatish va manzillarni aniqlash uchun;
• App Store va Google Play — ilovani tarqatish va yangilash uchun;
• Bildirishnoma (push) xizmatlari — Apple va Google tomonidan taqdim etiladigan.

5. Ma'lumotlarni saqlash va himoya qilish
5.1. Kompaniya foydalanuvchi ma'lumotlarini ruxsatsiz kirish, o'zgartirish yoki yo'qotishdan himoya qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko'radi.
5.2. Ma'lumotlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq saqlanadi.
5.3. Ma'lumotlar Ilovaning maqsadlari uchun zarur bo'lgan muddat davomida, yoki qonunchilikda belgilangan muddat tugaguniga qadar saqlanadi.
5.4. Hech qanday texnik tizim 100% xavfsizlikni kafolatlay olmaydi, biroq Kompaniya ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash uchun barcha asosli choralarni ko'radi.

6. Foydalanuvchining huquqlari
Foydalanuvchi sifatida sizda quyidagi huquqlar mavjud:
• o'zingiz haqingizda yig'ilgan ma'lumotlar bilan tanishish;
• noto'g'ri yoki eskirgan ma'lumotlarni tuzatish (profil sozlamalari orqali);
• profil ma'lumotlaringizni o'chirish va hisobingizni o'chirib tashlashni so'rash;
• ma'lumotlarni qayta ishlashga bergan rozilikni qaytarib olish (bu holda Ilovadan foydalanish to'xtatiladi).
Ushbu huquqlardan foydalanish uchun quyida ko'rsatilgan aloqa kanallari orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin.

7. Hisobni o'chirish
7.1. Siz istalgan vaqtda hisobingizni o'chirishni so'rashingiz mumkin.
7.2. Hisob o'chirilgach, sizning profil ma'lumotlaringiz Ilovada boshqa foydalanuvchilarga ko'rinmaydi va qonunchilikda belgilangan tartibda o'chiriladi.
7.3. Ayrim ma'lumotlar qonunchilik talablariga ko'ra ma'lum muddat saqlanishi mumkin.

8. Voyaga yetmaganlar
Ilova voyaga yetgan, mehnatga layoqatli foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Kompaniya voyaga yetmaganlarning ma'lumotlarini ataylab yig'maydi.
9. Siyosatga o'zgartirishlar
Kompaniya ushbu Siyosatni yangilash huquqini saqlab qoladi. Muhim o'zgartirishlar to'g'risida foydalanuvchilar Ilova orqali xabardor qilinadi. Yangilangan Siyosat e'lon qilingach, Ilovadan foydalanishni davom ettirish o'zgartirishlarga rozilik sifatida qabul qilinadi.
10. Biz bilan bog'lanish
Maxfiylik siyosati yuzasidan savollar yoki murojaatlar bo'yicha:
• Tashkilot: «Sodda GROUP» MChJ
• STIR (INN): 312532447
• Yuridik manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Mehnatobod MFY, 18 mavzesi 18A
• E-mail: info@carfit.uz
• Telefon: +998 93 233 08 88
• Telegram: @carfit